» » JCh—2018. Braziliya hisobda oldinda borib ham Shveysariyani yuta olmadi (video)

JCh—2018. Braziliya hisobda oldinda borib ham Shveysariyani yuta olmadi (video)


17-iyun sanasida Rossiyadagi Jahon Chempionatining “E” guruhidan o‘rin olgan Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari 1-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvda hisob 20-daqiqada Filippe Koutinyo tomonidan ochildi. “Barselona” yarim himoyachisi o‘z uslubida jarima maydonchasiga kirmasdan ajoyib zarba berib, Yan Zommerni ojiz qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasiga kelib Stiven Suber burchakdan oshirib berilgan to‘pni Alisson qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.

“E” guruhi peshqadami esa Kosta-Rikani mag‘lub etgan Serbiya bo‘lib turibdi.

Jahon Chempionati

“E” guruhi, 1-tur bellashuvi

17-iyun, yakshanba

Braziliya—Shveysariya 1:1

Gollar: 1:0 — 20 Koutinyo, 1:1 — 50 Suber.

Braziliya: Alison Beker, Tyago Silva, Miranda, Marselo, Danilo, Kazemiro (Fernandinyo 60), Filippe Koutinyo, Paulinyo, Villian, Gabriel Jezus (Firmino 80), Neymar.

Shveysariya: Yan Zommer, Stefan Lixtshtayner (Lang 87), Manuel Akanji, Rikardo Rodriges, Fabian Sher, Granit Jaka, Valon Bexrami (Zakariya 71), Stiven Suber, Blerim Jemayli, Jerdan Shakiri, Xaris Seferovich (Embolo 80).

Ogohlantirishlar: Kazemiro 47, Lixtshtayner 31, Sher 65, Bexrami 68.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют