» » “Amkar” bosh murabbiyi Gaji Gajiyev o‘zbekistonliklardan haqli tarzda yengilganini tan oldi

“Amkar” bosh murabbiyi Gaji Gajiyev o‘zbekistonliklardan haqli tarzda yengilganini tan oldi


Turkiya yig‘inida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha — 10-fevral kuni Rossiya Premyer-ligasi vakili “Amkar” ustidan zafar quchgandi — 1:0. O‘FF matbuot xizmati uchrashuvdan keyin har ikki tomon bosh murabbiylarining fikrlarini taqdim etdi.

“Amkar” bilan Rossiya Premyer-ligasida 6-o‘rinni egallab turgan taniqli mutaxassis Gaji Gajiyev o‘zbekistonliklarning g‘alabasi haqli ekanini ta’kidladi.

Natija haqqoniy, O‘zbekiston haqli g‘alabaga erishdi.

Raqib bizga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi va qarshi hujumlarda ham faolroq ko‘rindi. Terma jamoa o‘yini yaxshi yo‘lga qo‘yilgani va kombinatsion futbol shakllangani ko‘rinib turibdi.

Biz ustunlik qilgan tomon esa jismoniy tayyorgarlik bo‘ldi. “Amkar” atletik futbol namoyish qilgan bo‘lsa, raqib texnik tomondan yetilgani ko‘rinib turdi.

Gaji Gajiyev, “Amkar” bosh murabbiyi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan esa shogirdlarining o‘yinidan qoniqish hosil qilganini aytib o‘tdi.

Rasmiy o‘yinlar oldidan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdik va terma jamoa zaxirasini yana bir bor sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Shuningdek, o‘yinchilarning jismoniy holatini ham tekshirdik.

So‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarida optimal tarkibni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmadik va bu o‘yinlar asosan zaxira kuchimizni, termaga potensial nomzodlarni saralab olishga imkon berardi.

Hujumda to‘p surgan futbolchilarimiz esa asosiy tarkib a’zolari sanaladi. Ularning bugungi harakatini ko‘zdan kechirish biz uchun muhim edi. Men futbolchilarning bugungi o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Natija va o‘yin sifatidan ham.

Samvel Babayan, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (11-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют