» » O‘zbekistonda dorilarni internet orqali sotish tartibi loyihasi tayyorlandi

O‘zbekistonda dorilarni internet orqali sotish tartibi loyihasi tayyorlandi


May oyi boshida O‘zbekiston prezidenti elektron tijorat to‘g‘risidagi qarorni imzolagan, unda dorilar va tibbiyot buyumlarini onlayn sotish mumkinligi aytilgan edi, deb yozadi Spot. Shu munosabat bilan Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi “Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish tartibi” loyihasini tayyorladi.

Loyihaga ko‘ra, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali yetkazib beriladi.

Shuningdek, qayd etilishicha, farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.

Dorixonalar tomonidan elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, biologik faol qo‘shimchalar hamda kosmetika va shaxsiy gigiyena vositalarini chakana realizatsiyasini amalga oshirishga ruxsat berish taklif qilinmoqda.

Xaridorlar ham jismoniy, ham yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Savdo maydonchasi sifatida sayt yoki mobil dasturdan foydalanish mumkin. Ta’kidlanishicha, serverlar mamlakat hududida joylashgan bo‘lishi shart.

Shartnoma oferta va akseptdan iborat bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют