» » Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova Hindistonda vafot etdi

Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova Hindistonda vafot etdi


10-fevral kuni G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”.

1966-yilning 26-martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq yillar G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansamblida faoliyat yuritgan Munira Muhammedova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolanish uchun Hindistonga yo‘l olgan. Shifokorlar xonandaning jigar sohasida operatsiya o‘tkazdi, biroq urinishlar zoye ketib, xonanda bevaqt olamdan ko‘z yumdi.

“O‘tgan yili 50 yoshni qarshilagan Munira Muhammedovani taniganlar g‘ayratli, samimiy inson sifatida xotirlaydi”, — deb yozadi nashr.

Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev Hindistonga davolanish uchun ketib, o‘sha yerda vafot etgani 9-fevral kuni xabar qilingandi. Shuningdek, 8-fevral kuni taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan keyin olamdan o‘tdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют