» » O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalardan pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalardan pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi


Maktabgacha ta’lim vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Maktabgacha ta’lim muassasasining Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni joylashtirdi.

Namunaviy nizomga ko‘ra, Vasiylik kengashi har bir ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda unga moliyaviy va huquqiy sohalarda ko‘maklashish uchun tashkil etiladi. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari)dan turli xil sabablar bilan ta’lim muassasasi mudirasi va boshqa xodimlari (tarbiyachi, tarbiyachi-yordamchilar) tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.

Ota-onalar ta’lim muassasasida pul mablag‘larining yig‘ilishi holatlari haqida og‘zaki yoki yozma ravishda bevosita kengashga murojaat qilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda, kengash tomonidan tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining rahbar xodimlari ishtirokida muhokama etiladi hamda aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.

Kengash har chorakda ta’lim muassasasining umumiy ota-onalar yig‘ilishida o‘z faoliyati va tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashga yo‘naltirish ishlari to‘g‘risida hisobot beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют