» » O‘zbekiston sayyohlar uchun tuzilgan dunyo xaritasida Registon maydoni bilan aks etdi

O‘zbekiston sayyohlar uchun tuzilgan dunyo xaritasida Registon maydoni bilan aks etdi


Amerikaning sayohat haqida ma’lumotlar taqdim etuvchi TripAdvisor servisi, o‘z fikricha, har bir mamlakatning sayyohlar uchun eng diqqatga sazovor joyi ko‘rsatilgan dunyo xaritasini tuzdi.

O‘zbekiston ushbu xaritada Registon maydoni bilan aks etdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, xaritada Afg‘onistonning eng yuqori baholangan tarixiy obidasi Bobur qabri, Hindistonniki esa Toj Mahal deya keltirilgan.

Shuningdek, TripAdvisor Qozog‘istonning Medeu konki va chang‘i kurortini, Qirg‘izistonning Ala-Archa milliy bog‘ini, Tojikistonning Rudakiy bog‘ini, Turkmanistondagi “Darvoza” gaz kraterini eng ko‘zga ko‘ringan joylar sifatida tilga olgan.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют