» » JCh—2018. Videotakrorlar tizimi Shvetsiyaga Janubiy Koreya ustidan g‘alaba keltirdi (video)

JCh—2018. Videotakrorlar tizimi Shvetsiyaga Janubiy Koreya ustidan g‘alaba keltirdi (video)


?Bugun, 18-iyun sanasida Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati doirasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Kunning dastlabki o‘yini “F” guruhidan o‘rin olgan navbatdagi juftlik Shvetsiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi golsiz durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Joel Aguilar VAR (hakamning videtakrorlar yordamchisi) tizimi yordamida koreyslar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa shvedlar sardori Andreas Grankvist aniq amalga oshirib, Kim Sin Gyu darvozasini ishg‘ol etdi.

Ushbu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa Shvetsiya o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi va Meksika bilan guruh peshqadamiga aylandi.

Jahon Chempionati

“F” guruhi, 1-tur bellashuvi

18-iyun, dushanba

Gol: 1:0 — 65, penalti Grankvist.

Shvetsiya: Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).

Janubiy Koreya: Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Pak Chju Xo (Kim Min U, 28), Li Yen, Chjan Xen Su, Ki Son Yen, Ku Chja Chxol (Li Sin U, 72), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xin Min, Kim Sin Uk (Chjon U Yen, 66).

Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Chxan (55), Klasson (61).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют