» » Raqobat qo‘mitasi qoshidagi jamg‘arma tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini kreditlash uchun 70 mlrd so‘m ajratadi

Raqobat qo‘mitasi qoshidagi jamg‘arma tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini kreditlash uchun 70 mlrd so‘m ajratadi


Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga resurslar ajratish belgilangan. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi hamda tijorat banklari o‘rtasida jami 70,4 milliard so‘m miqdoridagi kredit liniyalarini ochish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Bugungi kunga qadar tijorat banklariga 30 ta investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 27,0 milliard so‘m resurs ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют