» » Toshkent shahrida Spark mashinasida ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkent shahrida Spark mashinasida ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda


16-iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noma’lum haydovchi davlat raqami aniqlanmagan Spark mashinasini Katta Xirmontepa ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chilonzor tumanida yashovchi N.I. ismli ayolni urib yuboradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Haydovchi jabrdiydaga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketdi. N.I. olgan jarohatlari sabab kasalxonaga yotqizildi.

Mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda. IIV ushbu holatga guvoh bo‘lganlardan ichki ishlar idoralariga murojaat etish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют