» » Toshkentda yo‘llar qurilishi va boshqa funksiyalar xususiy biznesga topshiriladi

Toshkentda yo‘llar qurilishi va boshqa funksiyalar xususiy biznesga topshiriladi


Toshkentda yo‘llar qurilishi va boshqa davlat xizmatlari xususiy biznesga beriladi. Bu haqda Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Top-500” forumi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir shahardagi asosiy muammolardan biri — bosh rejaning yo‘qligi, binolarni buzish va ko‘chirish ishlarining tartibsizligi, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarining yo‘qligi.

Hokim vazifasini bajaruvchi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida shahar ma’muriyatining biznesni rivojlantirishga ko‘maklashishini tilga oldi.

Xususan, davlat xizmatlarining katta qismini — hokimlikning qurilish ishlari, yo‘llar va infratuzilmalar, avtoturargohlar qurilishini va boshqalarni autsorsga berish rejalashtirilmoqda.

“Shaharni hukumat va biznesning birgalikdagi ishtiroki orqaligina rivojlantirish mumkin”, — deya xulosa qildi Ortiqxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют