» » Snouden o‘zining AQShga topshirilishi ehtimoli haqidagi xabarlarga izoh berdi

Snouden o‘zining AQShga topshirilishi ehtimoli haqidagi xabarlarga izoh berdi


Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden 10-fevral, juma kuni OAVlarning u AQShga topshirilishi mumkinligi haqidagi xabarlarini Rossiya Federatsiyasi razvedkasi uchun ishlamaganligining rad etib bo‘lmaydigan isboti deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Nihoyat Rossiya razvedkasi bilan hech qachon hamkorlik qilmaganligimning rad etib bo‘lmaydigan isboti”, — deb yozdi u Twitter’dagi mikroblogida.

Uning so‘zlariga qaraganda, hech bir davlat o‘z razvedkachilarini sotmaydi. Aks holda qolgan razvedkachilar ular navbatdagisi bo‘lishi mumkinligidan cho‘chib qolishi mumkin.

10-fevral kuni NBC telekanali Amerika ma’muriyatining nomi oshkor etilmagan vakiliga tayanib, AQSh razvedkasi tomonidan ta’kidlangan ma’lumotni oshkor qildi. Unga ko‘ra, Rossiya prezident Donald Trampga “sovg‘a” tariqasida Edvard Snoudenni AQShga topshirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Snoudenning advokatlaridan biri Ben Uizner telekanalga bu kabi rejalardan xabardor emasligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Snoudenning Rossiyada yashash ruxsatnomasi uch yilga uzaytirildi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют