» » O‘zbekiston Rossiyadan keladigan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha MDHda 1-o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston Rossiyadan keladigan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha MDHda 1-o‘ringa chiqdi


O‘zbekiston Rossiyadan keladigan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha MDHda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma’lumotiga tayanib, Spot xabar qilmoqda.

2018-yilning 1-choragi davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 726 million dollar yuborilgan. Xususan, 200 million dollar Rossiya fuqarolari, qolgan 525 million dollar esa muhojirlar tomonidan jo‘natilgan. O‘rtacha hisobda bir martalik jo‘natma 314 dollarga teng.

Rossiyadan Tojikistonga — 487 million, Qirg‘izistonga — 434 million, Armanistonga — 209 million dollar jo‘natilgan. Eng katta hajmdagi pul jo‘natmalari (1,7 milliard dollar) Rossiyadan Shveysariyaga yuborilgan.

Xuddi shu davr ichida O‘zbekistondan Rossiyaga 103 million dollar jo‘natilgan. O‘rtacha hisobda bir martalik jo‘natma 1 ming dollarni tashkil qilgan.

2017-yil yakuniga ko‘ra Rossiyadan O‘zbekistonga 3,9 milliard dollar yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют