» » Haydovchilarning malakasini oshirish: 1-avgustgacha – faqat Avtotest’da

Haydovchilarning malakasini oshirish: 1-avgustgacha – faqat Avtotest’da


2018-yil 1-avgustgacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish mutlaq huquqi Avtotest Report MChJ va kamida 51%i ushbu kompaniyaga tegishli tashkilotlarda saqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori ilovasida keltirib o‘tilgan, deb xabar beradi Norma.

Voqealar xronologiyasi

O‘tgan yil sentabrda Hukumat yuridik shaxslarga tegishli avtotransportni boshqarayotgan haydovchilarning malakasini majburiy oshirish tartibini joriy etdi. Tartib 2018-yil 1-yanvardan amal qila boshlashi rejalashtirilgan edi. Malaka oshirish davriyligi 2 yilda 1 marta etib belgilandi. Korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi Avtotest Report MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan tashkilotlarga berildi.

Jamoatchilik orasida faol munozaralarga sababchi bo‘lganligi bois taomilni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilindi. Avval Adliya vazirligi xabar berganidek, litsenziya talablariga javob beruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar malaka oshirish bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldilar. Faqat tijorat tashishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun taomilning majburiy tusini saqlab qolish rejalashtirilgan edi. Biroq bu faqat loyiha bo‘lib, hujjatning yakuniy versiyasida bu masala boshqacha hal etildi.

Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 23-fevraldagi qarori bilan uchta asosiy jihatga o‘zgartirish kiritdi:

1) malaka oshirish majburiy bo‘lgan sana. U qaror e’lon qilingan kun, ya’ni 26-fevralga ko‘chirildi;

2) malaka oshirishi majburiy bo‘lgan shaxslar (haydovchilar) doirasi. Ularga quyidagilar kiritildi:

3) haydovchilarning malakasini oshirish huquqi berilgan subyektlar ro‘yxati. 2018-yil 1-iyundan davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar ushbu faoliyat bilan shug‘ullana olishi nazarda tutilgan edi.

Endi nimalar o‘zgardi?

Hukumat xususiy avtomaktablarni litsenziyalash va tegishli o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish tartibini tasdiqladi. Biroq haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan har qanday davlat va nodavlat ta’lim muassasalari (litsenziya mavjud bo‘lganda) shug‘ullana oladigan sana 2018-yil 1-avgustga ko‘chirildi.

Belgilangan sanagacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi Avtotest Report MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan tashkilotlarda saqlanadi.

Qolgan barcha shartlar (malaka oshirish majburiy bo‘lgan sana (2018-yil 26-fevral); uning davriyligi (2 yilda 1 marta); u majburiy bo‘lgan shaxslar doirasi o‘zgartirishsiz qoldirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2018-yil 6-iyundan kuchga kirdi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют