» » Yangi Zelandiyada yana 200 ga yaqin qora delfin o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Yangi Zelandiyada yana 200 ga yaqin qora delfin o‘zini qirg‘oqqa tashladi


Yangi Zelandiyada 200 ga yaqin qora delfin o‘zini Janubiy orol shimolidagi Feruell burni hududidagi quruqlikka tashladi. Bu haqda 11-fevral, shanba kuni Radio New Zealand ma’lum qildi.

Tabiiy resurslarni qo‘riqlash departamentining xodimi Mayk Ougl mazkur ma’lumotni tasdiqladi. Uning so‘zlariga qaraganda, kitsimonlar to‘dasini akula cho‘chitib yuborgan bo‘lishi mumkin.

Hayvonlardan birining tanasida akula tishlashidan hosil bo‘lgan jarohatlar topildi. Ular unchalik katta bo‘lmasa ham, yaqinda paydo bo‘lgan jarohatlardir.

Mayk Ougl, Tabiiy resurslarni qo‘riqlash departamenti xodimi

Qirg‘oqda bir necha yuzlab volontyorlar ishlamoqda. Bundan tashqari, 100 ga yaqin ko‘ngilli quruqlikka yaqinlashishga urinayotgan qora delfinlar uchun tirik zanjir hosil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 10-fevralga o‘tar kechasi Yangi Zelandiyada 400 dan ortiq kit o‘zini Janubiy orol qirg‘og‘iga tashlaganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Yangi Zelandiyada 400 dan ortiq kit o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Опубликовано: admin (11-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют