» » Tramp kosmik qo‘shinlarni shakllantirish haqida buyruq berdi

Tramp kosmik qo‘shinlarni shakllantirish haqida buyruq berdi


Prezident Donald Tramp Pentagonga AQSh armiyasining yangi tarmog‘i bo‘ladigan kosmik qo‘shinlarni shakllantirish to‘g‘risida buyruq berdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Prezidentning fikricha, kosmik qo‘shinlar AQSh mudofaasi uchun kerak. Tramp Amerika qo‘shinlari kosmosda ham ustunlikka ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan.

Harbiy-kosmik kuchlar AQSh qo‘shinlarining oltinchi tarmog‘i bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq AQSh harbiy idoralari kosmik qo‘shinlarni shakllantirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Pentagonning rasmiy vakili Dana Uayt ushbu masala prezident va kongress tomonidan hal qilinishini bildirgan edi.

Mamlakat vitse-prezidenti Mayk Pens AQSh qo‘shinlari fazoda ham yetakchilik qilishini ta’kidlab o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют