» » XIM Tashkent City Toshkent shahrining zamonaviy markaziga aylanadi

XIM Tashkent City Toshkent shahrining zamonaviy markaziga aylanadi


Hozirgi vaqtda mamlakatimiz poytaxtida yangi va zamonaviy XIM Tashkent City kompleksi barpo etilmoqda. Qurilish jarayoniga mahalliy va chet ellik ekspertlar jalb etilgan.

XIM Tashkent City qurilishi jarayonida biznes vakillari uchun qulaylik yaratish maqsadida barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yashil hududlardan tortib zamonaviy dizayn va ko‘rinishga ham e’tibor berilmoqda. Joylarda maxsus maydonchalar va tashrif buyuruvchilar uchun dam olish joylari qurilmoqda. Shu yerning o‘zida ham biznes faoliyat bilan shug‘ullanib, ham hordiq chiqarsa bo‘ladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Beshinchi lotdan o‘rin olgan joylar qurilishida investor sifatida AKFA Dream World MChJ korxonasi ishtirok etmoqda.

Loyihaga ko‘ra lotning umumiy hududi: 8.8 gektar.

Prime Tower Group — Bosh loyihachi.

Discover Invest – Bosh pudratchi.

Poydevor va binolarning zilzilaga bardoshliligi uchun, San-Fransisko, Istanbul va Tokio kabi shaharlar tajribasi o‘rganildi. Ma’lumki, O‘zbekiston seysmologik hududda joylashgan. Shuning uchun ham mutaxassislar xavfsizlik va binolarning mustahkamligiga alohida e’tibor qaratishmoqda. Jumladan, har bir burchak va detallar tajribali arxitektor va dizaynerlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Kongress-holl, mehmonxona va yerosti avtomobil turargohi qurilishi ham rejalashtirilgan. Kongress-hollning umumiy maydoni 33 ming m2. Ushbu bino chet el davlatlari rahbarlari va yuqori martabali mehmonlar uchrashuvlari uchun xizmat qiladi.

Yerosti mashina turargohi shu yerda ishlovchi mutaxassis va mehmonlar uchun ancha qulaylik yaratadi. Avtomobilingizni qayerga qo‘yish bo‘yicha muammo bo‘lmaydi, avtomobillar uchun turargoh doimo sizga muntazir.

XIM Tashkent City mehmonxona haqida ham unutgani yo‘q. Ushbu kompleksda dunyoga mashhur bo‘lgan mehmonxonalardan biri ochiladi.

Hozirgi vaqtda ushbu majmuada Hilton Hotels & Resorts mehmonxonasi qurilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, birinchi Hilton Hotels & Resorts mehmonxonasi 1919-yilda AQShning Texas shtatida barpo etilgandi. Hozirda ushbu brend ostida jahonning 103 mamlakatida 5 mingdan ortiq mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda.

5-lot hududida qurilish ishlari tez va sifatli suratlarda olib borilmoqda. Quruvchilar binolarning poydevorini ko‘tarib bo‘lishgan. Qurilish jarayonida 60 dan ortiq texnika ishlamoqda.

Ta’kidlab o‘tish joizki, XIM Tashkent City’da kongress-holl va boshqa binolar qurilishi mamlakatimizga chet el investitsiyasini olib kirishga ko‘makalashadi, sababi joylarda biznesni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют