» » OAV: Obamaning sobiq shaxsiy fotografi avvalgi prezident va Trampni taqqoslayotgan ko‘rinadi (foto)

OAV: Obamaning sobiq shaxsiy fotografi avvalgi prezident va Trampni taqqoslayotgan ko‘rinadi (foto)


Oq uy va Barak Obamaning shaxsiy fotografi Pit Suza Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan beri Instagram’da akkauntini yuritmoqda. U e’lon qilgan ko‘plab suratlarda hokimiyatni topshirish jarayoni aks etgan, shundan so‘ng Suza tarmoqda Obama ishtirokidagi eski fotolarni joylashtira boshladi, deya hikoya qiladi TJournal.

The Guardian nashri sobiq prezident hayotiga oid kadrlar Trampning harakatlari bilan taqqoslanayotgandek taassurot qoldirayotganiga e’tibor qaratdi. Masalan, Suza Trampning immigratsiya haqidagi farmonidan so‘ng Obama qochoq qiz bilan suhbatlashayotgan suratini chop etdi.

Tramp Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull bilan telefonda qattiq ohangda gaplashgani haqidagi xabarlardan keyin Obama u va Yangi Zelandiya bosh vaziri bilan do‘stona suhbatlashayotgani aks etgan surat paydo bo‘ldi.

Fotolardan birida Suza Obama ma’muriyatidagi ayollar soniga e’tibor qaratgan. Bungacha esa matbuotda Tramp navbatdagi farmonni imzolayotgani va uni faqat erkaklar qurshagani ko‘rinib turgan suratlar berilgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют