» » Fototanqid: G‘uzordagi betartiblikni kim tartibga oladi?

Fototanqid: G‘uzordagi betartiblikni kim tartibga oladi?


“Xalq so‘zi”da jurnalist Ahad Muhammadaliyevning Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi yo‘llar talabga javob bermasligi va bu yo‘llarda har kuni turbandlik kuzatilishi haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

G‘uzor tumanidagi O‘zbekiston ko‘chasidan Xo‘jaguzar, Gulshan mahallalariga o‘tuvchi yo‘lda har kuni ertalab yuzaga kelayotgan tirbandlik odamlar asabini sinovdan o‘tkazmoqda.

Yo‘llardagi tirbandliklar odatda yirik shaharlar ko‘chalarida kuzatiladi. Bu ko‘pincha yo‘llardagi ta’mirlash ishlarining olib borilishi, transport oqimining ko‘payishi hisobiga yuzaga keladi. Ammo, G‘uzor tumanida har kuni ertalabdan boshlanadigan tirbandlikka bu omillarni sabab qilib ko‘rsatib bo‘lmaydi.

Haydovchilarning ta’kidlashicha, bunday tirbandlik barcha transport oqimining G‘uzor daryosining ikki qirg‘og‘ini bog‘lovchi yagona ko‘prikka borib taqalayotgani va qo‘shimcha aylanma yo‘lning yo‘qligi sababli yuzaga kelmoqda. Ustiga ustak rekonstruksiya munosabati bilan dehqon bozorining yopilishi tufayli ko‘chma savdo rastalari yo‘l ustiga chiqib, transportlar harakatini to‘sib qo‘ymoqda.

“Gohida shu yo‘lda soatlab qolib ketamiz. Ishga, bog‘cha, maktabga boruvchilarning kechikkani-ku mayli. Tez yordam yoki o‘t o‘chirish mashinasi yarim soat kechiksa nima bo‘lishini tasavvur qiling. Chaqiruvchining uyi kuyib ketadi-ku”, — deydi haydovchilardan biri.

Odamlarning aytishicha, ushbu ko‘prikdan boshqa aylanma yo‘lning yo‘qligi tufayli barcha mashinalar shu yo‘ldan yuradi. Aslida aylanma yo‘l bor. Lekin, Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji yaqinidagi eski ko‘prikning yaroqsizligi tufayli bu yo‘ldan foydalanib bo‘lmayapti.

Holbuki, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham tuman markazini G‘uzor daryosining narigi qirg‘og‘i bilan bog‘lovchi qo‘shimcha aylanma yo‘l zarur. Ushbu muammoning yechimi esa tuman rahbariyatining masalaga qay darajada yondashuviga bog‘liq, albatta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют