» » JCh—2018. Rossiyadagi Jahon Chempionatida ilk qizil kartochkani olgan kolumbiyalik futbolchi mundial tarixiga kirdi

JCh—2018. Rossiyadagi Jahon Chempionatida ilk qizil kartochkani olgan kolumbiyalik futbolchi mundial tarixiga kirdi


Ayni damda Rossiyada o‘tayotgan Jahon Chempionati “H” guruhi 1-tur doirasida Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari bellashmoqda. Uchrashuv avvalida kolumbiyaliklar yarim himoyachisi Karlos Sanches qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Bahs bosh hakami slovakiyalik Damir Skomina Sanchesga to‘pni jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynagani sabab qizil kartochka ko‘rsatdi. Shuningdek, David Ospina darvozasi tomon penalti qo‘ydi.

32 yoshli futbolchi mundial tarixida eng tez chetlatilgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. U qizil kartochka olgan vaqtda 2-daqiqaning 56-soniyasi o‘tib borayotgandi.

Mundial tarixidagi eng tez chetlatish esa 1986-yilda ko‘rsatilgan. O‘shanda urugvaylik futbolchi Xose Alberto Batista Shotlandiyaga qarshi bahsda 54-soniyadayoq qizil olgan.

Ta’kidlash joiz, Karlos Sanches Rossiyadagi mundianing ilk qizil kartochkasini oldi. Shuningdek, u Jahon Chempionatlari tarixida kolumbiyalik futbolchiga ko‘rsatilgan ilk qizil kartochka sohibi sifatida ham tarixga kirdi.

Ayni vaqtda uchrashuv 1:1 hisobida davom etmoqda. “Daryo” esa mazkur o‘yindan matnli onlayn translyatsiya olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют