» » Yevropa Ittifoqi Qrimga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Qrimga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi


Yevropa Ittifoqi kengashi Qrimga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yil, 2019-yilning 23-iyuniga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tegishli qaror Yevropa Ittifoqining 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili qabul qilgan deklaratsiyada Yevropa Ittifoqi “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi” ta’kidlanadi.

Yevropa Ittifoqi Qrim Rossiyaga qo‘shilgandan so‘ng 2014-yilning iyunida unga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Sanksiyalarning amal qilishi har yili uzaytirib kelingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют