» » Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi soddalashtirildi

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi soddalashtirildi


Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mikrokredit tashkiloti filial tashkil qilishda so‘raladigan talablar qisqartirildi. Xususan, endilikda mikrokredit tashkiloti litsenziya olingan kundan boshlab kamida ikki yildan ziyod o‘z faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi hamda Markaziy bankning talablariga javob berishi shart emas.

Yana bir o‘zgarishga ko‘ra, mikrokredit tashkilotining to‘lov muddati 30 kundan ortiq kechiktirilgan muddati o‘tgan kreditlarning summasi oxirgi olti oy davomida mikrokredit tashkiloti kredit portfelining 5 foizdan kam miqdorini tashkil etgan holatlarda qoniqarli moliyaviy holatga ega deb topilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют