» » Paleontologlar birinchi marta qadimiy pandaning DNKsini “tiriltirdi”

Paleontologlar birinchi marta qadimiy pandaning DNKsini “tiriltirdi”


Olimlar birinchi marta yoshi 20 ming yilga teng bo‘lgan qoldiqlardan qadimiy pandaning DNKsi bo‘laklarini ajratib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin o‘tmishda Xitoy janubida to‘liq qirilib ketgan pandalarning yana bir turi yashagan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Bu pandaning DNKsi u zamonaviy pandaning yaqin, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan qarindoshi ekanligini ko‘rsatgan. Bu panda zamonaviylarning ajdodi bo‘lmagan va o‘z tarixi bilan alohida tur hisoblanmagan.

Katta pandalar faqat o‘smliklar bilan oziqlanadigan ayiqsimonlarning yagona vakili hisoblanadi. Panda yashashi uchun kuniga 30 kilogramm bambuk iste’mol qilishi kerak, bu uni tinimsiz ovqatlanishga majbur qiladi.

Ular hayvonot dunyosining asosiy “yulduzlaridan” biri hisoblansa ham, olimlar pandalarning ajdodlari qayerda va qchon yashagani va aynan qanday qilib ular to‘liq o‘smlik bilan oziqlanishga o‘tgani haqida deyarli hech narsa bilmaydi.

Yaqinda paleontologlar qadimiy “bambuk ayiqlar” Osiyoda emas, balki Yevropada yashaganini aniqlagan, Vengriyada ularning qoldiqlari topilgan. Bu olimlarni yana bir marta qanday qilib pandalar Xitoyga kelib qolgani va nima uchun ular dunyoning boshqa mintaqalarida qirilib ketgani haqida o‘ylashga majbur qilgan.

Xitoylik olimlar mamlakatning janubi-sharqidagi g‘ordan topilgan panda qoldiqlarining tish va jag‘laridagi qadimiy DNK qoldiqlarini aniqlagan. Bu qoldiqlar g‘or tubidagi tuproqqa taxminan 22 ming yil avval tushgan.

Yangi turning ochilishi bu ayiqlarning paydo bo‘lish vaqtini aniqlashga imkon bergan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular 12—10 million yil avval paydo bo‘lgan, bu esa barcha pandalarning vengriyalik “bobosi” yoshi bilan to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют