» » Rossiyaning Tula viloyatidagi omborxona tomi qulab tushishi oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Tula viloyatidagi omborxona tomi qulab tushishi oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


10-fevral, juma kuni Toshkent vaqti bilan 18:05 da Tula viloyati, Chernsk tumani, Popovka qishlog‘idagi “Maksim Gorkiy” nomli MChJ omborxonasining tom qismi qulab tushdi. Bu haqda Rossiya FVV ma’lumotlariga tayanib, O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Falokat oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘ldi. Ular 1992-yilda tug‘ilgan Oybek Iskandarov, Xurshid Qurbonov va Hasanboy Ro‘zimetovdir.

Hozirda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga zarur yordam berish choralari ko‘rilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют