» » O‘zbekistonda notarial harakatlar uchun to‘lovlarni Click va Payme to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda notarial harakatlar uchun to‘lovlarni Click va Payme to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ldi


Elektron to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ommabop bo‘lgan Click va Payme to‘lov tizimlari orqali notarial harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Oldinlari bunday imkoniyat faqat UPAY tizimida bor edi.

To‘lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot “Notarius” axborot tizimida onlayn tarzda aks ettiriladi.

Endilikda fuqarolar davlat boji va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassalarda navbat kutib turishi shart emas, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag‘lari talab etilishi oldi olinmoqda.

Joriy etilgan yangilik aholiga qulaylik yaratishi bilan birga huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonida sifat va tezkorlikni ta’minlaydi hamda korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют