» » Jizzaxda talabadan 400 ming so‘m olgan institutning sobiq xodimi ushlandi

Jizzaxda talabadan 400 ming so‘m olgan institutning sobiq xodimi ushlandi


Jizzaxda talabaning baholarini tuzatib berish uchun undan pul olgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax shahar sudi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Jizzax Politexnika institutida kafedra assistenti lavozimida ishlagan S.R 25-mart kuni ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgan. 26-mart kuni S.R. oylik ish haqining hisob-kitobini bilish uchun institutga kelgan. Shu kuni talabalardan biri 5 ta fandan sinov baholarini olishda qiynalayotganini aytib, S.R.dan yordam berishini iltimos qilgan. S.R. o‘zining ishdan bo‘shayotganini sir tutgan. U sog‘lig‘ini tiklash uchun pul kerakligini aytib, baholarni tuzatib berish uchun 500 ming so‘m so‘ragan. Talaba buncha puli yo‘qligini aytgan va S.R. 400 ming so‘mga ko‘ngan.

S.R. 28-mart kuni talabadan 400 ming so‘m pul olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aybdor jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining hukmi bilan javobgarlikka tortildi. Ma’lum bo‘lishicha, S.R. muqaddam ham sudlangan va Jinoyat kodeksining bir nechta moddalariga ko‘ra aybdor deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют