» » Indoneziyada paromning cho‘kishi oqibatida 166 kishi bedarak yo‘qolgan

Indoneziyada paromning cho‘kishi oqibatida 166 kishi bedarak yo‘qolgan


20-iyun, chorshanba kuni Indoneziya hukumati Toba ko‘lida cho‘kib ketgan paromning 166 nafar yo‘lovchisi bedarak yo‘qolgani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Dastlab 130 kishining bedarak yo‘qolgani xabar qilingan.

350 ga yaqin kishi qidiruv-qutqarish ishlariga jalb qilingan. Parom 19-iyun, seshanba kuni Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasidagi Toba ko‘lida cho‘kib ketgan.

Hukumatga taqdim qilingan ma’lumotlarga qaraganda, paromda 80 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Keyinroq boshqa manbalar orqali parom yo‘lovchilari sonining ko‘proq bo‘lgani ma’lum qilingan.

Bir kishining o‘limi haqida xabar qilingan. 18 kishi qutqarilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, parom yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashigan.

Halokat sabablari to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim qilinmagan. Noqulay ob-havo sharoitlari, shuningdek, kuchli to‘lqinlar tufayli qutqaruvchilar qiyinchiliklarga duch kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют