» » O‘zbekistonda bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi


20-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv boshida Muhammad Hanif Atmar qurg‘oqchilikdan jabr chekkan Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan O‘zbekiston hukumati va xalqiga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Afg‘oniston va mintaqa kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident maslahatchisi Afg‘onistondagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot berdi. U 26—27-mart kunlari Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Afg‘oniston tomoni Tashqi ishlar vazirligining 18-iyundagi Bayonotida keltirilgan tinchlik muzokaralari jarayoniga ko’mak ko’rsatish to’g’risidagi O‘zbekiston hukumati mavqeyini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, gumanitar, ta’lim va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlikning jadal rivojlanishi mamnuniyat bilan ta’kidladi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют