» » “Ipak Yo‘li” banki O‘zbekistonda “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki”ning birinchi sindikatli kreditini olishi mumkin

“Ipak Yo‘li” banki O‘zbekistonda “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki”ning birinchi sindikatli kreditini olishi mumkin


“Ipak Yo‘li” AITB O‘zbekistonda “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki”ning birinchi sindikatli kreditini olishi mumkin. Bu haqda YETTB rasmiy saytida chop etilgan tegishli qarorda qayd etilgan. Agar rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilsa, YETTB O‘zbekistonda ilk bor bunday kredit ajratishni boshlaydi. Ushbu ma’lumot, shuningdek, bank vakillari tomonidan ham tasdiqlandi.

Taxminlarga ko‘ra, kreditning umumiy qiymati 20 million dollarni tashkil etadi. Ushbu kredit texnik hamkorlik jamg‘armalari bilan birgalikda ajratiladi. Bunday kreditdar esa banklarga o‘z moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va O‘zbekistondagi mikro, kichik va o‘rta korxonalarni kreditlashni oshirish imkonini beradi.

Bundan avval “Ipak Yo‘li” banki kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 38 million dollarlik sinditsirlangan kredit tizimini jalb etgan edi. Kredit tizimi 2015-yilda quyidagi tarkibdagi sindikatlar tomonidan ajratilgan: Niderlandiya taraqqiyot banki (FMO), Germaniya investitsiya va taraqqiyot banki DЕG (KfV guruhi) va Triodos banki. Ushbu tizim to‘liq o‘zlashtirilgan bo‘lib, kichik biznesni moliyalashtirish, turli sohalarda, hususan to‘qimachilik, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda texnologik jihozlarni sotib olishga va tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют