» » Muftiy Usmonxon Alimov Turkiston shahridagi ziyoratgohlarda bo‘ldi

Muftiy Usmonxon Alimov Turkiston shahridagi ziyoratgohlarda bo‘ldi


Muftiy Usmonxon Alimovning Qozog‘istonga tashrifi dasturidan turli uchrashuv va tadbirlar o‘rin olgan. Shunday uchrashuvlardan biri Turkiston viloyati hokimi bilan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkiston hokimi Tajibek Musayev muftiyni yuqori ehtirom bilan kutib olib, Turkiston shahrining diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlarini birga ko‘zdan kechirdi.

Usmonxon Alimov Ahmad Yassaviy qadamjosini ham ziyorat qildi va u kishining ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovati qilindi.

Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Chimkent shahrida “Qozog‘iston—O‘zbekiston: diniy aloqalarining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro forumda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют