» » O‘zbekistonlik Raufxon Salaxo‘jayev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi qatoriga kirdi

O‘zbekistonlik Raufxon Salaxo‘jayev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi qatoriga kirdi


O‘zbekistonlik Raufxon Salaxo‘jayev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi reytingidan o‘rin oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dunyoning 100 eng kuchli yosh iqtisodchilari orasida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev 32-o‘rinda turibdi. Birinchi elliktalikda Osiyodan uch vakil: Yaponiya, O‘zbekiston va Hindiston. MDH davlatlaridan esa yagona nomzod O‘zbekistondan.

Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan Raufxon Salaxo‘jayev makroiqtisoddagi yangi yo‘nalish — iqtisodiy o‘sishning chuqur omillari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan. Ilmiy ishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida intellektual kapital va bozor institutlarining rolini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Uning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi Intelligence, Kyklos, Environmental Research kabi dunyoning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, Forbes agentligi, National Policy instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchi olim 2012-yili AQShning Fulbright stipendiyasi g‘olibi bo‘lib, Nyu-York davlat universitetida iqtisod magistri ilmiy darajasini olgan. Hozir universitetda muallimlik qilish bilan birga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim hamdir.

Raufxon Salaxo‘jayevning muvaffaqiyati Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti uchun London Iqtisod maktabi, Braun universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishga yo‘l ochdi.

Mazkur reyting RePEc (Research Papers in Economics) — “Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy maqolalar” tashkiloti tomonidan tuziladi, loyihani AQShdagi Federal rezerv banki tadqiqotlar bo‘limi muvofiqlashtiradi va dunyo bo‘ylab 50 mingdan ortiq iqtisodchi faoliyati kuzatib boriladi.

RePEc maqolalarga keltirilgan iqtiboslar, chop etilgan jurnal nufuzi kabi kategoriyalarga asoslanib, turli toifalar bo‘yicha eng yaxshi iqtisodchilar reytingini tuzadi. Reytingda asosan Garvard, Yel universitetlari, London iqtisod maktabi bitiruvchilari va xodimlari ustun turgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют