» » Shavkat Mirziyoyev Termiz shahri va Sherobod tumanida amalga oshirilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahri va Sherobod tumanida amalga oshirilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga safari davomida Termiz shahri va Sherobod tumanidagi yangi ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Janub tekstil” kompaniyasida tashkil etiladigan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirilishi 350 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Korxonada yiliga 5 ming tonnadan ortiq ip-kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2018-yilda ishga tushiriladigan “Amudar Teks” O‘zbekiston—Angliya qo‘shma korxonasi yiliga 7 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu yerda 300 kishi ish bilan ta’minlanadi. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi.

“Sherobod Textile Invest” kompaniyasida o‘rnatiladigan zamonaviy texnologiyalar yiliga 17 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Korxona qurilishiga 46 million dollar mablag‘ sarflanadi. Sherobod tumanining “Seplon” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etiladigan korxona ishga tushirilishi bilan 700 kishi ish bilan band bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur sanoat korxonalari paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda istiqbolli loyihalar bo‘lib, viloyat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Prezident, shuningdek, Termiz shahrida barpo etilayotgan g‘o‘zapoya va qamishdan DSP ishlab chiqarish korxonasi loyihasi ham bilan tanishdi. “Termiz ta’minot” kompaniyasi negizida barpo etilayotgan korxonada yiliga 30 ming kubmetr DSP mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 4,2 gektar maydonda 2,9 million dollar evaziga qad rostlaydigan yangi majmuada 160 ish o‘rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerning o‘zida “O‘zqurilishmateriallari” va “Komfort inert servis” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilayotgan granit va gabbro toshlaridan qurilishbop pardozlash plitalari ishlab chiqarish, Termiz mexanika zavodini kengaytirish loyihalari bilan ham tanishdi.

Yiliga 80 ming kvadrat metr granit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan pardozlash plitalari korxonasida 205 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Termiz mexanika zavodini kengaytirish loyihasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini arzon, sifatli asbob-uskuna va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari va sohaga ixtisoslashgan korxonalarning elektr dvigatellari, asbob-uskuna va jihozlarini, nasoslarni sifatli ta’mirlaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarini tozalab quritadigan qulay va ixcham texnologiyalarni ishlab chiqarib, fermerlarga yetkazib beradi.

Yangi korxonaning to‘la quvvat bilan ishga tushirilishi viloyatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash ko‘lamini kengaytirib, zamonaviy usulda qadoqlash va iste’molchilarga yetkazib berishda muhim omil bo‘ladi. Korxonada 80 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

“Prezidentimiz yangi korxonalarni zamon talablariga mos texnologiyalar bilan jihozlash, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga yo‘naltirish choralarini ko‘rish lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют