» » Yong‘in xavfsizligi tizimida bir qator rahbarlar almashdi

Yong‘in xavfsizligi tizimida bir qator rahbarlar almashdi


Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari va olti viloyatda yong‘in xavfsizligi boshqarmasining yangi boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Ichki ichlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-jangovar tayyorgarlik va yong‘inni o‘chirishni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-yong‘in nazorati va profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa Davron Saidkamolovich Qambarov tayinlandi.

Shuningdek, Abduxoliqov Abdurazzoq Abdumutalipovich Toshkent viloyati IIB YoXB boshlig‘i, Avazov Abdug‘ani Abdusattorovich Andijon viloyati IIB YoXB boshlig‘i, Agzamov Azizxon Abralxanovich Surxondaryo viloyati IIB YoXB boshlig‘i, Ibragimov Ravshan Nazarovich Jizzax viloyati IIB YoXB boshlig‘i, Sultonov Alisher Akimjonovich Namangan viloyati IIB YoXB boshlig‘i, Xushnazarov Shokarim Bahodirovich Buxoro viloyati IIB YoXB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют