» » Toshkentda “kriminal avtoritet” nomiga da’vogarlik qilgan Abbosxon Xo‘jayev 2 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkentda “kriminal avtoritet” nomiga da’vogarlik qilgan Abbosxon Xo‘jayev 2 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi


Toshkentning “kriminal avtoriteti” nomiga da’vogarlik qilgan, muqaddam sudlangan Abbosxon Xo‘jayev (1982-yilda tug‘ilgan) va Muhammadjon Qurbonov (1982-yilda tug‘ilgan) ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida jinoyatchilarga nisbatan hukm e’lon qilindi. Sud jinoyat ishi materiallarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchilarni O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topdi.

Shu bilan bir paytda sud Abbosxon Xo‘jayevni JK 165-modda, 2-qismi “a” va “v” bandlari bo‘yicha, 273-modda 5-qismi bo‘yicha, Muhammadjon Qurbonovni JK 165-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari bo‘yicha oqladi.

Sud Abbosxon Xo‘jayevni ikki yilga ozodlikdan mahrum etish, Muhammadjon Qurbonovni bir yil olti oyga ozodlikdan mahrum etish va jazoni qat’iy rejimli koloniyalarda o‘tashni tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning sentabr oyida Abbosxon Xo‘jayevning qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют