» » Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo‘laklar tashkil etiladi

Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo‘laklar tashkil etiladi


Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yu. Otabekov ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosidagi yig‘ilishda shaharda velosiped yo‘laklarini tashkil etish bo‘yicha shahar hokimligi rahbarlariga aniq topshiriqlarni berdi. Bu haqda Shuhratbek Abdurahmonovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Andijon shahrida 425 ming aholi istiqomat qiladi. Qariyb 40 mingga yaqin avtotransport vositalari mavjud. Viloyat miqyosida esa 187 mingta avtoulov bor. Qatnovning ko‘pligi, artof-muhit musaffoligini saqlash masalalasi piyoda yoki ekologik toza transport vositasida harakatlanishni keng targ‘ib qilishni taqozo etadi. Misol uchun Xitoyda deyarli 70 foiz aholi velosipeddan foydalanadi.

Shularni nazarda tutib Andijon shahridagi 7 ta markaziy ko‘chalarda velosipedchilar uchun umumiy 28,6 km uzunlikdagi yo‘lakchalar tashkil qilinadi. Bir tomonlama yo‘lakchalarning eni 2,25 metr, ikki tomonlamala yo‘lakchalarniki 3,25 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Dastlabki bosqichda 500 ta zamonaviy velosipedlar olib kelinib, 20 ta ijara maskani tashkil qilinadi va barcha maskanlar yagona elektron tizimga ulangan holda ishlaydi. Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda axborot texnologiyalarini keng qo‘llagan holda velosipedlarni ijraga olishdan tortib uni to‘lovlari to‘liq avtomatlashtiriladi.Bu borada viloyat hokimi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasiga aniq takliflarni ishlab chiqish va bu yo‘nalishda xorojiy davlatlar tajribasini o‘rganish bo‘yicha topshiriqlarni berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют