» » Latviyada tahsil olayotgan toshkentlik talaba qiz Riga haqida multfilm suratga oldi (video)

Latviyada tahsil olayotgan toshkentlik talaba qiz Riga haqida multfilm suratga oldi (video)


Rigadagi oliy o‘quv yurtlaridan birining ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Olga San Latviyada qanday yashayotganligi haqida qayta-qayta takrorlamaslik uchun mulftilm suratga oldi. Bu haqda Riga dumasi portali xabar bermoqda.

Olganing aytishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi do‘stlari uning hozirgi hayot tarzi haqida ko‘p so‘raydi.

Universitetda videoblog tayyorlash va obunachilar to‘plash haqida topshiriq berilganida nima qilish haqida uzoq o‘yladim. Nihoyat, hozir o‘zim yashayotgan mamlakat haqida multfilm chizishga qaror qildim. Bu yerda hech qachon bo‘lmagan kishilarga Riga va Latviya haqida hikoya qilaman. Bu — endi birinchisi, butun boshli turkum tayyorlayapman.

Olga San, o‘zbekistonlik talaba

Olga mahalliy universitetning audiovizual bo‘limida tahsil oladi. “Filmlar, videoroliklar suratga olishni istayman. O‘zbekiston — Vatanim, uni juda yaxshi ko‘raman. Kino bilan hayotimni bog‘lamoqchiman, karyeramni Yevropada davom ettirish haqida o‘ylayapman”, — deydi Olga.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют