» » Britaniya universiteti talabalarni millatchilik ruhidagi iqtibos bilan ruhlantirdi

Britaniya universiteti talabalarni millatchilik ruhidagi iqtibos bilan ruhlantirdi


Buyuk Britaniyadagi universitet talabalar va xodimlarni ruhlantirish uchun millatchilik ruhidagi iqtibosdan foydalangani uchun uzr so‘radi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Buyuk Britaniyaning Ekseter shahri universitetining karyerani rivojlantirish markazi xodimlari o‘quv muassasining barcha talaba va xodimlariga Ervin Rommelning iqtibosi bilan elektron maktub yuborgan. Ervin Rommel Shimoliy Afrika kompaniyasida millatchilar qo‘shinlari qo‘mondoni sifatida tanilgan nemis general-feldmarshali bo‘lgan. “Arzimas sabablarga beqiyos imkoniyatni boy berish kerak emas”, — deyilgan maktubda.

Universitet vakilining bayon qilishicha, iqtibosni maktubga kiritgan xodim Rommelning kim ekanligini bilmagan, iqtibosning o‘zini esa ruhlantiruvchi sifatida ochiq manbalardan olgan.

“Bu xato edi, yomon g‘oya emas, biroq biz bundan xafa bo‘lgan barchadan uzr so‘raymiz, shuningdek, bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun ishimizga o‘zgartirish kiritamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют