» » Abdulla Aripov: Urg‘uni ingliz tiliga berib, nemis va fransuz tillarini e’tibordan chetda qoldirdik

Abdulla Aripov: Urg‘uni ingliz tiliga berib, nemis va fransuz tillarini e’tibordan chetda qoldirdik


21-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari, vazirlikning yangi rahbariyati oldida turgan vazifalar, sohadagi muammo va kamchiliklar sanab o‘tildi. Yig‘ilishda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova ham ishtirok etdi.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, o‘tgan yillar mobaynida chet tillarni o‘qitish sohasida qator kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Jumladan, asosiy urg‘u ingliz tiliga berilishi natijasida nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish e’tibordan chetda qoldi.

“Bizda nemis, fransuz tillariga ixtisoslashtirilgan kuchli maktablar bo‘lardi. Ularda o‘z sohasining haqiqiy ma’nodagi bilimdonlari faoliyat yuritar edi. Lekin biz ingliz tiliga ko‘proq urg‘u berib, ularni ham qayta tayyorlov orqali ingliz tili o‘qituvchisiga aylantirdik.

Hozirgi kunda ayniqsa chekka hududlardagi maktablarda chet tillarini, rus tilini o‘rgatish talabga javob bermaydi.

Chinozdagi maktablardan birida bir holatga guvoh bo‘ldim. Madaniy oqartiruv texnikumini bitirgan mutaxassis olti oylik ingliz tili kursini bitirib, sertifikat bilan ingliz tilidan dars berib yuribdi.

Xorijda maktabni bitirayotgan o‘quvchi to‘rtta xorijiy tilni biladi. Biz borini yo‘q qildik, o‘rniga yangisini qurmadik”, — deydi Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют