» » Harley-Davidson brendi ostida velosipedlar ishlab chiqarila boshlandi

Harley-Davidson brendi ostida velosipedlar ishlab chiqarila boshlandi


Harley-Davidson brendi ostida velosipedlar ishlab chiqarilishi boshlandi. Yangi velosiped Uilyam Harli va aka-uka Devidsonlar tomonidan yaratilgan velosipedning taqlidi hisoblanadi. U 1917—1922-yillarda yosh auditoriyani brendga jalb qilish uchun ishlab chiqarilgan, deb yozmoqda “Motor”.

Loyiha Harley-Davidson muzeyi va Heritage Bicycles kompaniyasining qo‘shma ishi hisoblanadi. Yaratuvchilar Model 7-17 deb nomlangan original velosipedni aniqlik bilan takrorlashga muvaffaq bo‘lgan. Velosiped baland bo‘yli kishilarga mos kelishi uchun ramasini kattalashtirishga to‘g‘ri kelgan, xolos.

Jami 10 ta velosiped ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Har bir velosiped qo‘lda olimpiya o‘yinlari ranglariga bo‘yaladi. Velosipedning narxi 4200 dollarni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют