» » Ravshan Ermatov bugun Argentina—Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi

Ravshan Ermatov bugun Argentina—Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi


Bugun, 21-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon Chempionati “D” guruhi 2-turi doirasida Argentina—Xorvatiya bahsini o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.

Ravshan Ermatov. Foto: thetimes.co.uk

Qanotlarda Ermatovga o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Zaxira hakami taitilik Norbert Xauatadir.

Bugungi o‘yin Ravshan Ermatov uchun mundial tarixidagi 10-o‘yin bo‘ladi. Ermatov bungacha Jahon Chempionatlari final bosqichida 9 ta o‘yinni boshqarib, rekord o‘rnatgandi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik hakam uchinchi marta Argentina ishtirokidagi o‘yinni boshqaradi. 2010-yilda Argentinaning Gretsiya (2:0) va Germaniyaga (0:4) qarshi o‘yinlarida Ermatov bosh hakamlikni bajargan. 2014-yilgi mundialda esa u Xorvatiya ishtirokidagi bir o‘yinni ham boshqargan. O‘shanda Meksikaga 1:3 hisobida yutqazgan xorvatlar guruh bosqichida qolib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют