» » Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-yilning besh oyida 776 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko‘pdir. Shuningdek, joriy yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 377 ta hududiy va 148 ta tarmoq loyihalari bajarilishi belgilangan.

Davlat rahbari loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini yengillashtirish dolzarb masala ekanini ta’kidladi.

Prezidentning 20-iyun kuni qabul qilingan “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ana shu maqsadga qaratilgan. Mazkur qarorga ko‘ra, bundan buyon Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishda to‘lov olinmaydi.

Prezident qarorda belgilangan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlar tayyorlash, ekspertiza qilish hamda tasdiqlashning yangi, yanada soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Joriy yil uchun tasdiqlangan investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan, bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan har bir loyihani jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar, ichimlik suvi tarmoqlari va boshqa ijtimoiy obyektlar qurish ishlarini moliyalashtirish hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

Yig‘ilishda investitsiyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Investitsiya takliflarini shakllantirish, investorlar topish, loyihalar ishlab chiqish, ekspertiza qilish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют