» » IShID jangarilari Suriyaning Al-Bob shahrida 40 nafar tinch aholi vakilini qatl etdi

IShID jangarilari Suriyaning Al-Bob shahrida 40 nafar tinch aholi vakilini qatl etdi


IShID jangarilari Suriyaning al-Bob shahrida 40 nafar tinch aholi vakilini qatl etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Al-Mayadeen telekanaliga ko‘ra, jangarilar tinch aholini asirga olishi bilanoq qatl etgan.

Suriya hukumat kuchlari va ko‘ngillilar guruhlari jangarilarning oxirgi chekinish yo‘lini ham to‘sib qo‘ydi va shahargacha bir kilometr masofaga yaqinlashdi.

Armiya Al-Bobga g‘arb va janub tomondan hujum qilmoqda. Ayni paytda Turkiya qo‘shinlari va “Frot qalqoni” koalitsiyasiga kirgan guruhlar shaharning shimoliy va sharqiy taraflarida janglar olib bormoqda.

IShID jangarilari deyarli qurshovda qolgani, biroq Suriya va Turkiya armiyalari o‘z harakatlarini muvofiqlashtirmayotgani bildirilmoqda.

Damashq turk qo‘shinlarining mamlakat hududida bo‘lishini suverenitetning buzilishi va tajovuz, deb hisoblamoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют