» » Tramp Meksika bilan chegarada quriladigan devor qiymatini pasaytirishga va’da berdi

Tramp Meksika bilan chegarada quriladigan devor qiymatini pasaytirishga va’da berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp, u muzokaralarga kirishishi bilan, Meksika bilan chegarada quriladigan devor qiymati “pastga tushishi”ni ma’lum qildi.

AQSh davlat rahbari bu haqda Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Buyuk chegara devori davlat o‘ylaganidan-da arzonroqqa tushadi, deb hisoblayman, lekin men hali muzokaralarda qatnashganimcha yo‘q. Muzokaralarga kirishishim bilan, xuddi F-35 qiruvchi samolyotlari bilan bo‘lgani singari, narx keskin tushadi.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Avvalroq AQSh ma’muriyati F-35 qiruvchi samolyotlaridan 55 tasini 7,5 foizlik chegirma bilan sotib olishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, AQSh tomonidan Meksika bilan chegarada qurilishi rejalashtirilayotgan devor davlat byudjetiga 21,6 milliard dollarga tushadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют