» » Netanyaxuning rafiqasiga firibgarlik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Netanyaxuning rafiqasiga firibgarlik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi


Isroilda mamlakat bosh vazirining rafiqasi Sara Netanyaxuga firibgarlik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Isroil adliya vazirligi xabariga tayanib, Haaretz nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Jumladan, Netanyaxuning rafiqasi keytering uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida 100 ming dollarga yaqin mablag‘ni noqonuniy sarflashda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2010-yilning sentabridan 2013-yilning martiga qadar bosh vazir qarorgohida oshpaz ishlaganligiga qaramasdan, restoranlardan taom buyurtma qilgan. O‘rnatilgan qoidalar esa shtat asosida ishlovchi oshpaz mavjud bo‘lgan holatlarda taom buyurtma qilishni taqiqlaydi.

Bundan tashqari, surishtiruv Netanyaxu qarorgohidagi boshqa qoidabuzarliklarni ham aniqladi. Masalan, davlat tomonidan ishga olingan farrosh bosh vazir qaynotasini parvarish qilgan. Shuningdek, qarorgohga xizmat ko‘rsatish uchun Netanyaxu partiyasining aktivisti bo‘lgan va yuqori maosh olgan elektrik ishga olingan. Bundan tashqari, Sara Netanyaxuning advokatlari tergov bilan kelishishga uringanligi, biroq tomonlar kelisha olmaganligi xabar qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют