» » Suriya qo‘shinlari 650 jangarini yo‘q qildi va Aleppo yaqinidagi Tadefni IShIDdan ozod etdi

Suriya qo‘shinlari 650 jangarini yo‘q qildi va Aleppo yaqinidagi Tadefni IShIDdan ozod etdi


Suriya qo‘shinlari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Aleppo shimoli-sharqidagi Tadef aholi yashash punktidan IShIDni quvib chiqardi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Gazeta.ru”ning Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarnomaga asoslanib ma’lum qilishicha, maxsus operatsiya davomida IShIDning 650 dan ortiq jangarisi yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, IShIDning ikki tanki, to‘rtta zirhli mashinasi, qurol-yarog‘ o‘rnatilgan 18 ta maxsus avtomobili, yetti minomyoti va oltita “jihod-mobili” ham yo‘q qilingan.

Ma’lumot uchun, Suriyadagi qurolli nizo 2011-yil bahoridan beri davom etmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatning 30 foiz hududi, xususan, Damashq va Aleppo kabi shaharlar hukumat kuchlari nazorati ostida turibdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют