» » Toshkent viloyati, Samarqand va Jizzax shaharlarida gaz tarmoqlari 2 bosqichli tizimga o‘tkaziladi

Toshkent viloyati, Samarqand va Jizzax shaharlarida gaz tarmoqlari 2 bosqichli tizimga o‘tkaziladi


Milliy matbuot markazida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublikaning chekka hududlari va qishloq aholisini tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida belgilangan chora-tadbirlarni uzviy ravishda tashkil etish, sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish haqida so‘z bordi.

Joriy yil mobaynida aholini 634 ming 868 dona gaz ballonlar bilan ta’minlash belgilangan bo‘lsa, hozirgi kunga qadar 183 ming 962 donasi yetkazib berildi.

Gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlardagi xonadonlarga suyultirilgan gaz tarqatish orqali 182 mingga yaqin xonadonning gaz ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Tizimdagi korxonalar orqali iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish maqsadida 2018-yilda jami 37,7 milliard metr kub tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

2018—2019-yillarning kuz-qish davrida respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga kompleks tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, joriy yilning 1-oktyabriga qadar 41 kilometr gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash, 108,4 kilometr gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan Toshkent viloyatining Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Samarqand, Jizzax shaharlaridagi gaz tarmoqlarini mukammal va joriy ta’mirlash, modernizatsiya qilish orqali gaz tarmoqlarini 2 bosqichli tizimga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. O‘z navbatida, ushbu texnik chora-tadbirlar natijasida gaz tarmoqlarida yo‘qotishlar miqdori keskin kamayib, iste’molchilarga belgilangan muddat va ko‘rsatkichlar bo‘yicha uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish, shuningdek, gaz taqsimotida avtomatlashgan tizim joriy qilinadi.

Matbuot anjumanida iste’molchilar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklar haqida ham ma’lumot taqdim etildi. Unga ko‘ra, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida tabiiy gazdan foydalanishda 2 ming 599 qoidabuzilishi bilan bog‘liq holat aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют