» » Rishtonda kulollar va kulolchilik mahsulotlari xalqaro festivali boshlandi

Rishtonda kulollar va kulolchilik mahsulotlari xalqaro festivali boshlandi


Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida o‘tkazilayotgan kulollar va kulolchilik mahsulotlari xalqaro festivalida mamlakatning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar hamda xorijlik sayyohlar ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Rishton sopol buyumlari, miniatyuralari jahondagi san’at shaydolari orasida ham katta shuhrat qozongan. Hech bir hududning kulolchilik namunalariga o‘xshamaydigan bu san’at asarlari AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Shvetsiya, Iroq, Eron, Misr kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish qilinishi va jahon ommasi e’tirofiga sazovor bo‘lishi Rishton kulollarining iste’dodidan dalolat beradi.

Rishtonlik kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar o‘zining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi shaharlaridagi do‘konlarda savdoga qo‘yilgan Rishton kulolchilik buyumlari va miniatyuralari chet ellik sayyohlar qiziqishini tortayotgani bu san’at namunalariga bo‘lgan talabni kundan-kun oshirmoqda. Rishtondagi qaysi bir kulolning ustaxonasida bo‘lmang, barchasi qo‘li-qo‘liga tegmay ishlayotganini ko‘rasiz.

So‘nggi yillarda Rishton kulolchilik maktabi yanada rivojlandi. Usta Ibrohimjon Komilov, Bobojon Nishonov, Hakimjon Sattorov, Rustamjon Usmonov, Alisher Nazirov, Sharofiddin Yusupov, Tohirjon Haydarov singari mashhur kulollar yaratgan mahsulotlar barchani hayratga solib kelmoqda.

— Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, chet ellik sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, kulolchilik mahsulotlarini keng targ‘ib etishda mazkur xalqaro festivalning ahamiyati katta, — deydi Rishton tumani hokimi o‘rinbosari Abdusalom Sidiqov. — Ayni paytda tumanimizda Yapon bog‘i, hunarmandlar markazi tashkil etilmoqda. 24-iyungacha davom etadigan festivalda Turkiya, Ozarbayjon, Fransiya kabi davlatlardan mehmonlar ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют