» » “Millimetron” orbital teleskopining parvozi bir necha yilga qoldirilishi mumkin

“Millimetron” orbital teleskopining parvozi bir necha yilga qoldirilishi mumkin


Rossiyaning “Millimetron” loyihasi uchun tayyorlangan orbital teleskopi parvozi 2030-yildan keyinga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Yuriy Balegaga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ayni paytda loyiha 2025-yilgacha bo‘lgan Federal kosmik dasturda mavjud emas, uning parvozi ana shu muddatdan keyinga rejalashtirilmoqda.

O‘n metrli kosmik teleskopga ega “Millimetron” observatoriyasi Koinotning turli obyektlarini tadqiq etishga mo‘ljallangan.

Uning yordamida olimlar Koinotning umumiy tuzilishi, galaktikalar tarkibi va rivojlanishi, ularning yadrosi, yulduzlar va sayyorlar tizimlari, kosmik changlar, shuningdek, kosmosdagi organik birikmalar, o‘ta kuchli magnit va elektr maydonga ega obyektlar haqida ma’lumotlar olishni ko‘zlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют