» » Dunyoning eng sifatli avtomobillari reytingi tuzildi

Dunyoning eng sifatli avtomobillari reytingi tuzildi


Amerikaning J.D. Power agentligi bozordagi yangi avtomobillar ichida eng ishonchlilarini aniqladi, deb yozadi “Avtonovosti dnya”. Reyting xolis bo‘lishi uchun tahlilchilar avtosalonlar mijozlari orasida so‘rov o‘tkazdi.

Tadqiqotchilar “Ishonchlilik indeksi”ni har bir avtomobil rusumi bo‘yicha 100 kishining fikrini to‘plash orqali tuzdi. Eng muammosiz brend Koreyaning premium-sinfdagi Genesis modeli bo‘ldi. Foydalanishning ilk uch oyi davomida har yuzta mashinaga 68 ta shikoyat to‘g‘ri kelgan.

Ikkinchi o‘rinni 100 ta mashinaga 72 ta shikoyat bilan KIA egalladi. Uchinchi o‘rinni ham Koreyaning Hyundai kompaniyasi har yuzta avtomobilga 74 ta muammo bilan band etdi.

To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalar Germaniyaning Porsche (79 ta muammo) va Amerikaning Ford (81 ta muammo) avtomobillariga nasib qildi.

Reytingning oxirgi o‘rinlarida Shvetsiyaning Volvo hamda Britaniyaning Jaguar va Land Rover kompaniyalari joylashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют