» » Shimoliy Koreya AQShdan gumanitar yordam olganini ma’lum qildi

Shimoliy Koreya AQShdan gumanitar yordam olganini ma’lum qildi


AQSh hukumati Shimoliy Koreyaga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Koreya markaziy telegraf agentligi axborotiga ko‘ra, bu qaror KXDRda o‘tgan yili yuz bergan kuchli suv toshqinlari sabab qabul qilingan.

Shimoliy Koreyada 2016-yilning avgusti oxiri — sentabri boshida kuzatilgan suv toshqinlari oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan, 400 kishi bedarak yo‘qolgan edi.

Tabiiy ofat sabab bir necha o‘n ming turar joy va jamoat binolari vayron bo‘lgan, transport va energetika tizimiga katta talofat yetkazilgan, sanoat korxonalari va ekin maydonlari ishdan chiqqan edi.

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarimoy ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur suv toshqinlari kamida 600 ming shimoliy koreyalikning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 

Опубликовано: admin (11-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют