» » Samarqandda nogironligi bo‘lgan shaxslarga 100 million so‘mlik maishiy jihozlar yetkazib berildi

Samarqandda nogironligi bo‘lgan shaxslarga 100 million so‘mlik maishiy jihozlar yetkazib berildi


Samarqand shahar hokimligi tomonidan ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga 41 ta gaz balloni, 8 ta gaz plitasi va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga 29 ta nogironlik aravachalari topshiriladi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Tadbirda Samarqand shahar hokimi Furqat Raximov ishtirok etib, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga sovg‘alar taqdim etdi.

Samarqandda nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashga qaratilgan keng ko‘lamli tizim asosida joriy yilning boshidan buyon nogironligi bo‘lgan shaxslarga 39 ta aravacha, 15 ta ortopedik (7 ta qo‘ltiqtayoq, 8 ta hassa) jihozlar, shuningdek, jami 100 million so‘mlik uy-ro‘zg‘or va maishiy jihozlar yetkazib berildi.

Shahar hokimligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida o‘z xonadonida shaxsiy biznesini yuritish niyatida bo‘lgan 200 nafar kishiga 13 million so‘mdan bank krediti ajratildi.

2017-yilda Samarqand shahrida qarovsiz yotgan binolardan biri qayta ta’mirlanib, muhtoj oilalardan 32 tasi doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan. Joriy yilda esa yana 52 ta oila doimiy yashash joyiga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют